Loyihalarimiz tajribamiz va muvaffaqiyatimizning yaqqol isbotidir. Har bir loyiha sifat va innovatsiyalarga bo‘lgan sadoqatimiz natijasidir.
«Mediaplanlarni monitoring qilish» axborot tizimini takomillashtirish
"Loyiha maqsadi va vazifasi – davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijroiya hokimiyat organlarida, boshqa tashkilot va muassasalarda turli yo‘nalishlarda rejalashtirilgan faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, qayta ishlash va nazorat qilishni 100% raqamlashtirish; barcha kiruvchi mediaplanlarni nazorat qilishni 100% avtomatlashtirish; milliy darajada ishlab chiqilayotgan mediaplanlarni tasdiqlash jarayonini 100% elektron shaklda amalga oshirish.
Yoshlarning subsidiyalangan qarzlarini samarali hisobga olish va nazorat qilish uchun axborot tizimi.
«Respublikadagi yoshlar uchun ajratiladigan subsidiyalar bo‘yicha qarzlarni samarali hisobga olish va nazorat qilish tizimi». Mazkur tizim yoshlar uchun berilgan subsidiyalar va kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni nazorat qilish, qarz holatini monitoring qilish, shuningdek, qarz bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlashni ta’minlaydi.
Ilm.uz
Learnscape tizimi maxsus ta’lim markazlari uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘quvchilar, o‘qituvchilar va o‘quv jarayonlarini samarali boshqarish imkonini beradi. Tizim ta’lim markazidagi barcha operatsiyalarni avtomatlashtiradi, ma’muriy ishlarni yengillashtiradi va ta’lim sifatini oshirishga yordam beradi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlari va jurnalistlarning shaxsiy kabinetlarini boshqarish uchun axborot tizimi
Loyiha maqsadi va missiyasi – elektron platformada matbuot anjumani, brifing, press-tur mavzusi, nomi va o‘tkazilish vaqtini shakllantirish, tadbirda ishtirok etayotgan OAV xodimlariga elektron litsenziya topshirish, davlat organlaridagi rejalashtirilgan tadbirlarni doimiy monitoring qilish orqali ma’lumotlarni qayta ishlash vaqtini tejash va mehnat samaradorligini oshirishdir.
FaveWise Access Controller
FaceWise — sun’iy intellekt (AI) yordamida yuzni aniqlash tizimini ishlab chiqishga qaratilgan loyiha.